28.01.2025
Bir necha yildirki, haftaning har seshanbasi "O'zshahar qurilish invest" IK rahbariyati tomonidan obyektlarga tashrif (obxod) kuni hisoblanadi. Shu kuni shaxsan kompaniyaning direktori barcha qurilish obyektlarida bo'lib bunyodkorlik ishlarining borishini ko'zdan kechiradi. Ushbu an'ana ishlarning yanada jadallashishi, mavjud muammolarning o'z o'rnida hal etilishi hamda sifat nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Odatda har bir tashrif tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda yoritib boramiz. Tashrifdan so’ng obyektlardagi hamkasblarimiz, bunyodkor do’stlarimiz o’zlarining chiqishilarini kutishlari ham bor gap. Bugungi post orqali kompaniyaning ulkan bunyodkorliklarida kunni tunga ulab xizmat qilayotgan samimiy insonlarga kayfiyat ulashishni niyyat qildik. Bugundan esdalik bo’lib qolsin. Kimdir kadr ortida qolib ketgan bo’lsa rozi bo’lasiz)))