KATTA SALOHIYATLI  KICHIK JAMOA

KATTA SALOHIYATLI  KICHIK JAMOA

12.02.2025

2023-yil 14-iyul…

“Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasida oʻziga xos maktab yaratib, mamlakatimizdagi eng nufuzli tashkilot darajasiga yetishishida samarali faoliyat yuritgan inson  Zufar Gʻiyosovichni yanada katta masʼuliyatli vazifa-temir yoʻl tizimi rahbarligiga tayinlangani munosabati bilan kuzatish jarayoni edi, oʻshanda.

Texnik nazoratchidan tortib, sotuv menejerlarigacha yigʻilgan damda tashkilot bosib oʻtgan yillar, yoʻllar haqida gapirildi, mashaqqatli,  muvaffaqiyatli kunlar eslandi. Davlatimiz rahbari, hukumatimiz va eng muhimi, xalqimiz eʼtiborida ekanligimiz taʼkidlandi. Oʻsha kuni bu tashkilotdan hali davlat va jamiyat boshqaruvida koʻplab rahbar kadrlar yetishib chiqadi, deya niyat ham qilindi.

Niyatlar xolis ekan, oradan hech qancha vaqt oʻtmay, kompaniya oʻrinbosari Elyor Abdumalikovichni ham masʼuliyatli vazifaga kuzatdik.

Bugun esa yana bir katta bilim va tajribaga ega inson Jasur Bozorovichni kuzatish uchun jam boʻldik...

Albatta, mamlakatimizning nufuzli tashkilotiga birinchi oʻrinbosar boʻlib tayinlanganidan faxrlandik, xursand boʻldik. Ammo jamoani hamjihatlik va adolat bilan boshqarib, har birimiz uchun alohida hurmatga sazovor rahbar bilan xayrlashish biroz tushunkunlik  kayfiyatini ham paydo qildi. Kimdir hayajon, yana kimdir xafaligini ham yashirolmay ezgu tilaklar bildirdi.

Ha, “Oʻzshahar qurilish invest” atigi 35 kishidan iborat kichik bir jamoa. Kichik jamoa boʻlsa-da, katta yuragi bor! Kichik jamoa boʻlsa-da, katta salohiyati bor! Oʻziga xos tizim, oʻziga xos maktabi bor!

Bu moʻjaz jamoada katta bilim va malaka, tajriba va masʼuliyatli kadrlar yigʻilgan. Yildan yilga esa ularning bu sifatlari yanada toblanmoqda. Ishonchimiz komil, hali jamoadan Zufar Gʻiyosovich, Elyor Abdumalikovich, Jasur Bozorovich izidan boradigan, xalqimizga nafi tegadigan koʻplab rahbar kadrlar yetishib chiqadi. Bunga shubha yoʻq!

Yurtimizning katta qurilish maydonlarida oʻzining bunyodkorlik salohiyatini namoyon qilib faoliyat yuritayotgan invest jamoasi, Jabborov Jasur Bozorovichga sidqidildan qilingan faoliyat uchun minnatdorlik bildirib, yangi mehnat faoliyatida yuksak muvaffaqiyat va omadlar tilaydi.

Yangiliklar

Savol va takliflar uchun

Savol yoki takliflar uchun ushbu arizani to‘ldiring va takliflaringizni yuboring.

"O‘zshahar qurilish invest" — bu Siz kabi yurtdoshlarimizning yashash uchun qulay xonadon orzusini ushaltirish va qalbingizga quvonch olib kelish yo‘lida birlashgan insonlar jamoasi.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

Telefon raqam

Ish vaqti:

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

Bizning asosiy manzil